French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy meva-sabzavot yarmarkasida 50 dan ortiq turdagi mahsulotlar namoyish etildi
18:44 / 2016-10-28

Samarqandda viloyat fermer xo‘jaliklari, agrofirma va qayta ishlash korxonalari ishtirokida hududiy meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazildi.

Samarqandda viloyat fermer xo‘jaliklari, agrofirma va qayta ishlash korxonalari ishtirokida hududiy meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda viloyatning barcha tumanlaridagi meva-sabzavot va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan 50 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etdi.

Samarqand viloyatidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda 3 million 76,3 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Bu aholining ushbu turdagi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish bilan birga, uni xorijga eksport qilish imkonini ham beradi.

Shu bois joriy yilning iyun oyida poytaxtimizda tashkil etilgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida viloyatdagi 60 ga yaqin korxona, agrofirma va fermer xo‘jaliklari 325 ming tonna meva-sabzavot sotish bo‘yicha 373 million dollarlik shartnomalar imzolashga erishgan edi. Hozirgacha bu shartnomalarning asosiy qismi bajarildi.

Mazkur hududiy yarmarka bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish va fermer xo‘jaliklari, agrofirma hamda qayta ishlash korxonalari eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

– 2015-yilda o‘zimiz yetishtirgan 500 tonnaga yaqin qishloq xo‘jalik mahsulotini Rossiyaga eksport qilgan edik, – deydi Samarqand tumanidagi “A’zam Azamat Agro” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Rahmat Nuriyev. – Bugungi yarmarkada ham xo‘jaligimizda yetishtirilgan uzum, nok, anor, qovun, gulkaram, sarimsoqpiyoz kabi mahsulotlarni namoyish etib, bir nechta mahalliy qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar bilan kelishuvlarga erishdik.

Yarmarkada joriy yilda yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bilan birga, kelgusi yili yetishtirilishi mo‘ljallanayotgan meva-sabzavot va poliz ekinlari xaridi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.