Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
12:37 / 2025-11-04

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda hududiy Kengash a’zolari, Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi, tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, prokuratura hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida ayrim jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligi ta’kidlandi. Ayniqsa, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va mahalliy hokimliklar qarzdorligi, auksionda uzoq muddat sotilmagan mulklar bilan bog‘liq mavjud muammolar keskin tanqid ostiga olindi.

Shu bilan birga, dolzarb masalalardan biri bo‘lgan aliment undiruvi va boshqa muhim yo‘nalishlardagi hujjatlar ijrosi, ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlash va bir qator muhim masalalar qayd etilib, tegishli choralar belgilandi. Bu borada Kengash a’zolari hamda hokimliklar, Majburiy ijro byurosi hamda boshqa tegishli idoralar mutasaddilarining tushuntirishlari va izohlari eshitildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi,  hududiy Kengash raisi  F.Ermanov ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA