Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bo‘limining mutaxassis lovozimlariga tanlov e’lon qiladi
15:20 / 2021-03-31

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tizimi tarkibidagi “Andijon HETK” AJ, “Buxoro HETK” AJ, “Jizzax HETK” AJ, “Qoraqalpoq HETK” AJ, “Qashqadaryo HETK” AJ, “Navoiy HETK” AJ, “Namangan HETK” AJ, “Samarqand HETK” AJ, “Surxondaryo HETK” AJ, “Sirdaryo HETK” AJ, “Farg‘ona HETK” AJ, “Xorazm HETK” AJ, “Toshkent HETK” AJ, “Toshkent shahar ETK” AJ, “Energo-RES” MCHJ va Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlari uchun tanlov o‘tkazadi.

Lavozim majburiyatlari:

tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta’minlash;

xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;

tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to‘g‘risida amaldagi me’yoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bo‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;

jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;

faoliyatga tegishli boshqa masalalar.

Nomzodlarga talablar:

yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotga egaligi;

moliya, soliq, komplayens-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq sohalarda bo‘lim boshlig‘i lavozimiga 5 yildan kam bo‘lmagan hamda bosh inspektor lavozimiga 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;

kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);

ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

sudlanmaganlik va jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik;

rus tili hamda boshqa xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.

Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar qo‘llaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

1. Hujjatlar qabuli;

2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;

3. Test sinovlarini o‘tkazish;

4. Individual suhbat.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar quyida berilgan link orqali onlayn anketa to‘ldirishi va kerakli hujjatlarni (pasport, diplom va uning ilovalari, mehnat daftarchasi, sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma va boshqalar) yuklashi lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan kompyuter orqali test sinovlari o‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tanlovning har bir bosqich natijasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Telegram  va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Anketalarni to‘ldirish 2021 yil 07 aprelga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99878 150 75 61

Hujjat topshirish uchun havola (link):

https://forms.gle/GGGByuCZTzYJZzJr8



 

Reklama huquqi asosida