Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi
11:19 / 2026-02-18

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.

Birinchi o‘rinni Amudaryo tumani 37-sonli umumta’lim maktabi, ikkinchi o‘rinni Bo‘zatov tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabi, uchinchi o‘rinni esa, Qonliko‘l tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabi jamoasi egalladi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan Amudaryo va Bo‘zatov tumanlari jamoalari musobaqaning mamlakatimiz bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Musobaqaning respublika bosqichi joriy yilning mart oyida Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.