Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur uyushtirdi
07:08 / 2022-08-05

FOTOREPORTAJ

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Surxondaryo viloyatida gaz ta’minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-turda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari gaz ta’minoti filiallari axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunda viloyatda jami 558 ming 973 gaz iste’molchisi bo‘lib, shundan 556858 tasini aholi va 2115 tasini ulgurji iste’molchilar tashkil etadi. Bunda, aholi iste’molchilarining 107 ming 230 tasi tabiiy hamda 462 ming 310 tasi suyultirilgan gazdan foydalanadi.

Press-turning birinchi kunida Termiz shahridagi Guliston mahallasiga gaz quvurlari yangidan tortildi. Hududdagi jami 260 ta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlanishi belgilangan bo‘lsa, ayni kunga qadar ularning barchasiga gaz quvuri tortildi. Barcha iste’molchilar xonadoniga zamonaviy “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatib berildi. Ahamiyatli tomoni, viloyatda gaz quvurlarni mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari filialning qurilish bo‘limi ishchi kuchi va texnikalari jalb etilgan holda amalga oshirilmoqda. 
Press-tur ishtirokchilari “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududigacha gaz quvurlarni tortish faoliyatini ko‘zdan kechirdi.  

Mazkur ob’ekt qurilishi yakuniga yetgach Termiz shahar aholisi, ya’ni, shaharning “Guliston”, “Kattabog‘”, “Gulira’no”, “Surxon Sohili”, “Majnuntol”, “Yulduz”, “Bog‘ishamol”, “Manguzar”, “Chegara”, “Kokildorota”, “Namuna”, “A.Navoiy”, “Tinchlik”, “Jo‘yjangal”, “Ma’rifat”, “Mehrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlanib, ko‘p qavatli va hovli uylar hamda ko‘plab ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi.

[gallery-8159]

OAV vakillari kunning ikkinchi yarmida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

“Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi mavjud barcha mahallalarning aholi xonadonlariga ASKUG tizimida ishlovchi yangi elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlangan. Endilikda tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan iste’molchilarga EGHU o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Press-turning ikkinchi kunida jurnalistlar “Denov Hayrabod” gaz to‘ldirish stansiyasiga tashrif buyurdi.

Ushbu gaz to‘ldirish inshooti Oltinsoy, Sho‘rchi, Denov tumanlari va Denov shahar iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi. Joriy yil 27 iyul kuniga qadar stansiya xodimlari tomonidan iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga 1181,720 kilogramm suyultirilgan gaz to‘ldirib berilgan. Bu ballon hisobida 59086  donani tashkil etadi. Bundan tashqari 55600 tonna suyultirilgan gaz shoxobchalarga tranzit qilish orqali tarqatilgan.

Press-tur ishtirokchilari ushbu gaz to‘ldirish stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.



O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar