Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida oldini olish maqsadida “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2025 yil mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish manzilli dasturiga asosan joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Buxoro shahrining Afrosiyob ko‘chasida mavjud yer osti o‘rta bosimli, kesimi 159 mmli gaz quvuri mukammal ta’mirlanmoqda. 2 kmga yaqin gaz quvurida amaliy ishlarni olib borish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugunga qadar 1km 700 metrida jarayonlar bajarildi.
Shuningdek, Buxoro shahrining Samarqand ko‘chasidagi gaz quvurida ham rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra kesimi 102 mmli bir yarim kmga yaqin gaz quvurida amaliy ishlar bajarilishi belgilangan bo‘lib, ayni damda 500 metrga yaqin gaz quvuri rekonstruksiya qilindi.



– Buxoro tumani “Gulchorbog‘” mahalla hududida joylashgan viloyat ma’muriy markazini gazlashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Qayd etish lozim, kesimi 219 mmli bo‘lgan 3,2 km gaz quvurida amaliy ishlarni olib borish belgilangan bo‘lib, bugunga qadar 600 metrda ortiq gaz quvuri tortildi. Hududlarda davom etayotgan jarayonlarda 10 dan ortiq Qurilish va montaj boshqarmasi xodimlari hamda maxsus texnikalar jalb etilgan, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimi Akmal Xolov.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.