English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududda yana bir yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi
12:09 / 2025-09-25

Navoiy viloyati Karmana tumanida 33-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Islom Taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi asosida 4 milliard 856 million so‘m mablag‘ evaziga qurildi.

Tashkil etilgan tadbirda mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini isloh qilish, bog‘chalarga bolalar qamrovini oshirish, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samaralari xususida so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari yangidan bunyod etilgan bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlar va o‘quv-tarbiyaviy muhit bilan yaqindan tanishdi. 

Viloyatda maktabgacha ta’lim sohasida joriy yil yakuniga qadar yana 50 ga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, 2 ming 150 ta tarbiyalanuvchi o‘rni yangidan yaratiladi. Buning natijasida 3-7 yoshli bolalar qamrovi 87,5 foizga va 6 yoshli bolalar qamrovi esa 98,5 foizga yetkaziladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri