Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi ko‘rsatib o‘tildi
17:24 / 2023-01-10

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hududlarga sanoat jadal kirib kelayotgani ta’kidlandi.

Masalan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi.

Yoki, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyihalar amalga oshirildi.

Namanganda yangi tashkil etilgan 54 ta kichik sanoat zonalari 2022 yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi.

Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshdi.

Shunga qaramasdan, hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zA