English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hozirgi paytda Ukrainaning NATO a’zoligiga qabul qilinishi masalasi ko‘rib chiqilayotgani yo‘q”
11:04 / 2022-01-21

Hozirgi paytda Ukrainaning NATO a’zoligiga qabul qilinishi masalasi ko‘rib chiqilayotgani yo‘q, dedi Ispaniya tashqi ishlar mahkamasi rahbari Xose Manuel Albares “Mundo” gazetasiga bergan intervyusida.

“Bu savol Shvetsiya va Finlyandiyaga nisbatan qo‘yib so‘ralganida to‘g‘riroq bo‘lardi”, dedi u tegishli savolga javob berarkan. 

Aniqlashtiruvchi savolga javoban esa Albares: “Hozirgi paytda bunday ssenariy ko‘rib chiqilayotgani yo‘q”, deb ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, avvalroq Rossiya tashqi ishlar mahkamasi G‘arbning “rus tajovuzi” bilan bog‘liq bayonoti ham kulgili, ham xavfli ekanini ta’kidlagandi. 

 

Z.Mirzaboyeva, O‘zA