Hozirgi o‘zbek she’riyatidagi balladalarning janr xususiyatlari (Usmon Azim va Xurshid Davron asarlari misolida)
Firuza Normurotovna BURIEVA Assistent-o‘qituvchi mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston-Finlyandiya instituti Samarqand, O‘zbekiston feruzaburiyeva79@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek adabiyotiga G‘arb she’riyati orqali kirib kelgan janrlardan biri bo‘lgan balladaning o‘ziga xos xususiyatlari bayon qilinadi. Unda ushbu lirika janrining ba’zi adabiyotlarda epik turga kiritilishi sabablari haqida mulohaza yuritilib, shoir Usmon Azim va Xurshid Davron balladalari tahlili misolida nazariy asoslari keltiriladi.
Tayanch so‘zlar: ballada, adabiy tur, epik tasvir, lirik kechinma, voqeabandlik, she’riy shakllar.