Hozirgi o‘zbek nasrida ot timsolining badiiy ifodasi (Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom, Guljahon Mardonovaning “Ko‘kka uchgan tulporlar” romani misolida)
Zarnigor O‘ktamovna QOBILOVA tadqiqotchi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada yozuvchi Tog‘ay Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasi hamda adiba Guljahon Mardonovaning «Ko‘kka uchgan tulporlar» romani misolida ot obrazi milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, erkinlik, sadoqat, kuch-g‘ayrat va vatanparvarlik bilan bog‘liq ramz sifatida talqin qilinadi. Odam va tabiat munosabati, otparvarlik an’analari, turkiy xalqlar tasavvurida otning tutgan o‘rni badiiy tahlil asosida ochib beriladi. Shuningdek, ot obrazi orqali inson va jamiyat, shaxs va xalq taqdiri, insoniy fazilatlar va milliy o‘zlik mavzulari badiiy ifodasini topgani asoslanadi.
Tayanch so‘zlar: ot timsoli, tarixiy xotira, xalqona xarakter, unutilayotgan qadriyatlar, Alimardon chavandoz, Oyimgul, Ziyodulla, Jiyron ot, Tarlon ot.