French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hozircha Istanbuldagi yong‘in qurbonlari 29 kishi
12:54 / 2024-04-03

Turkiyaning Beshiktosh tumanidagi 16 qavatli bino yerto‘lasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi. Bu haqda gubernator ma’muriyati ma’lum qilgan.

“AzerTAJ” axborotida og‘ir tan jarohati olgan bir kishi davolanayotgani ham keltirilgan.

Adliya vaziri Yilmaz Tunch voqeada aybdor, deb topilgan 5 kishini hibsga olish bo‘yicha qaror chiqarilgani, Istanbul Bosh prokuraturasi tergov boshlaganini aytdi.

Yong‘in sababi o‘rganilyapti.