Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xatamjon Ketmonovning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
18:56 / 2016-11-09

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 9-noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 9-noyabr kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Rahimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.Saburov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham barcha sohalarda ulkan yutuq va marralarga erishildi, viloyat shahar va qishloqlari zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi farovonligi muttasil yuksalib bormoqda.

Nomzod o‘z saylovoldi dasturida milliy manfaatlarga sodiqlik, mustaqilligimizni asrash va yanada mustahkamlash, Vatanimiz tinchligi va taraqqiyotini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassam ekanini ta’kidladi.

Dasturda kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo‘shimcha imtiyozlardan keng foydalanish uchun yanada maqbul sharoitlar yaratish, aholi bandligi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bir martalik vaqtincha ish bilan band bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish, ularning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urtasi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishning me’yoriy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish, turli imtiyozlar orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini qonunchilikka kiritish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun tadbirkorlarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda davlat tomonidan qattiq nazorat o‘rnatish lozimligi ilgari surilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi boshlig‘i N.Odamboyeva, "Xalq sug‘urta" mas’uliyati cheklangan jamiyati sug‘urta kompaniyasi Xorazm viloyati filiali direktori O.Rahimov, Urganch davlat universiteti talabasi R.Hojiyev, Xonqa yengil sanoat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputati J.Qurbonova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O‘zA