French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hotamjon Ketmonovning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
20:54 / 2015-03-20

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 20-mart kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 20-mart kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi A.Ahmedov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Ch.Jumaqulov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalari faoliyatini takomillashtirish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish va imtiyozli kreditlash samaradorligini oshirish, qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi islohotlarni davom ettirish belgilangan.

28.jpg
Yuqori texnologiyalarga asoslangan yengil, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi ustuvor masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari S.Bozorboyev, XDP Termiz tumani kengashi raisi T.Zoirov, Sho‘rchi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktori R.Rahimova va boshqalar nomzodning dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganini ta’kidladi.