Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hosilni nobud qilmay saqlash dolzarb vazifa
16:15 / 2025-08-20

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida don yetishtirish sohasi alohida o‘rin egallaydi. Shu tufayli aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, un va non mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 maydagi “2025 – yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aynan ushbu maqsadlarda qabul qilingan edi. 

Unga ko‘ra, davlat resurslari sifatida qabul qilinadigan bug‘doy donlarining sifati, ularning to‘g‘ri saqlanishi va xaridorlarga yetkazilishi jarayonida barcha normativ hujjatlarga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha nazorat Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga yuklatildi. 

Toshkent viloyatida ham 2025 yilgi bug‘doy hosilidan davlat resursi hamda vaqtincha saqlash uchun jami 302 ming 15 tonna bug‘doy doni xarid qilindi. Ularning 104 ming 291 tonnasi davlat jamg‘armasi, 170 ming 310 tonnasi vaqtincha saqlov, 27 ming 413 tonnasi esa urug‘lik don sifatida qabul qilindi. O‘z navbatida mazkur donlarning 174 ming 600 tonnasi ochiq maydonlarga, 83 ming 842 tonnasi yopiq sig‘imlarga, 35 ming 715 tonnasi esa maxsus maydonlarga joylashtirildi. 

Ushbu hajmdagi mahsulotlarning sifati buzilmasdan, yo‘qotishlarsiz saqlanishi, ularni keyinchalik sifatli tarzda iste’molchilarga yetkazish jarayoni “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda. 

– Bugunda “O‘zagroinspeksiya” tomonidan don mahsulotlarining saqlanishiga oid barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tahlil va monitoring ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, don qabul qilish shoxobchalarida gigiyena, sanitariya, zaxiralash texnologiyalari va yuklab jo‘natish tartiblariga amal qilinmoqda. Muhimi, davlat zaxirasidagi bug‘doy donlarini nest-nobud qilmasdan sifatli saqlanishi oziq-ovqat xavfsizligining eng muhim omillaridan biridir, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i D.Ubaydullayev. 

A.Musayev,O‘zA.