Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hosildorlik sho‘r yuvishga ham bog‘liq
14:26 / 2026-02-12

Farg‘ona viloyati ekin maydonlari birdek xususiyatga ega emas. Uning bir qismi cho‘lda joylashgan bo‘lib, qumloq. Yana bir hududda yer osti suvlari yuzaga yaqin, zaxkash. Bir toifasi sho‘rlangan. Masalan, Dang‘ara tumanida 5450 gektar 2026-yilda chigit ekiladigan paxta maydonining 3700 gektari sho‘rlangan. Ularda, jumladan. “Inobatxon ziyosi” fermer xo‘jaligida sho‘r yuvish jadal davom etyapti.

– Bu yerlarimiz o‘ta sho‘r yerlar, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Hamdamjon Azimov. –Ko‘chatlarimiz yaxshi chiqishi uchun iloji boricha yerni 3-martagacha yuvamiz. Bu ikkinchisi. Kerakli miqdordagi ko‘chat olish uchun yana bir marta sho‘r yuvish kerak.

Ma’lumki, suv yildan-yilga tanqis bo‘lib boryapti. Endi dehqon bu borada ham o‘z rejalarini ko‘rmoqda. Hamdamjon Azimovning aytishicha, fermer xo‘jaligi hududidagi o‘q ariqlar asosan beton qilinib bo‘lgan. Suvni boshqarishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaslik uchun shlyuz, damba to‘sqichlar ham o‘rnatilgan.

– Birinchi navbatda ariqlarni betonladik. Bu suvni tejashda va sho‘r yuvishda yordam beradi. Yoz kunlarida tomchilatib sug‘oramiz, – deydi ilg‘or fermer.

Dang‘arada mehnat intizomi, agrotexnik qoidalarga rioya etish yuksak darajada. Shuning uchun ham 2025-yilda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishildi.

– 100 foiz fermerlarimiz sho‘rlarni yuvib bo‘lishdi. Bu fermerimiz esa ikkinchi yuvishni boshlagan, – deydi Dang‘ara tumani melioratsiya bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Nuriddinov “Inbatxon ziyosi” fermer xo‘jaligi yerlarini ko‘rsatar ekan. –Suvni fermerlarga taqsimot bo‘yicha yetkazib beryapmiz. Belgilangan muddatda sho‘r yuvish ishlarini yakunlaymiz.  

Fermer Hamdamjon Azimov hosildorlik qilinayotgan mehnatga yarasha bo‘lishi lozim, deydi.  

– O‘tgan yili bug‘doy ekkandik. 75 sentnerdan olganmiz. Bu yil paxtani 50 sentnerga yetkazish niyatimiz bor.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OM4A6Dqp_BA" title="Hosildorlik sho‘r yuvishga ham bog‘liq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA