Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hosil peshma-pesh bozorga chiqarilmoqda
09:48 / 2025-11-22

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor Feruz Jo‘rayev tomonidan 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. 

Hozirda issiqxonada parvarishlanayotgan qulupnay ko‘chatlarining rivojlanishi yaxshi. Bu yerda jami 12 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlangan.  Kӯchatlarni sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

[gallery-26384]

Qulupnay yetishtirish bilan Qoraqalpog‘iston sharoitida ilk marotaba shug‘ullanyapmiz, - deydi “Shomanay meridian” MCHJ bosh agronomi Jumag‘aliy Mambetkarimov. Albatta, ba’zi qiyinchiliklar uchradi. Lekin harakatlarimiz evaziga ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. 

Issiqxonada hosildorlik yuqori.  Pishib yetilgan qulupnay peshma-pesh dehqon bozorlariga chiqarilmoqda. 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA