Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hosil cho‘g‘i baland
17:46 / 2025-06-19

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining mirishkor fermerlari joriy yilgi mavsumda ham g‘allani yig‘ishtirib olish hamda “oq oltin”ni parvarishlashga jiddiy kirishgan. Botir Yo‘ldoshev shunday fermerlardan.

Botir Yo‘ldoshev rahbarligidagi “Muborak Zarbuloq” fermer xo‘jaligi 200 gektarga yaqin ekin yerda g‘alla va paxta parvarishlamoqda. Hozirda fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rimi qizg‘in davom etmoqda. Davlatga 272 tonna g‘alla sotish reja qilingan. Ko‘zlangan maqsad esa undan ham yuqori.

– Har yili g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajarib yuzimiz yorug‘ bo‘lib kelmoqda. Bu yil ham hosilimiz mo‘l. Olinadigan daromadni texnikalar xarid qilish hamda ishchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishga yo‘naltiramiz – deydi Botir Yo‘ldoshev.

Fermer xo‘jaligi dalalarida 100 gektarga yaqin maydonda ekilgan g‘o‘za parvarishi ham jadal suratlarda olib borilmoqda. Joriy yil mavsumda paxtaning mahalliy “Buxoro” navi bilan birga Xitoy navlari ham ekilgan bo‘lib, hozirda begona o‘tlarga qarshi agrotexnik tadbirlar hamda sug‘orish ishlari olib borilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.