Afg‘onistonda Shoyiq Afandi laqabi bilan shuhrat qozongan domla Muhammad Yoqub Muxlis o‘g‘li Muhammad Hoshim 1886 yil Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
Сo‘nгра oilasi bilan Buxoro shahriga ko‘chib kelib, Buxoro madrasalarida ta’lim olib, arab tili va adabiyoti, fiqh, mantiq va kalom ilmlarini o‘sha zamonning mashhur olimlaridan o‘rgandi va qori Hoshim nomi bilan tanildi.
Hoshim Shoyiq o‘sha davrda Turkiston ziyolilari orasida keng yoyilib borayotgan jadidlar harakati bilan chuqur aloqada edi. Yuksak iste’dodi bilan tanilgan qori Hoshim jadidlar tomonidan Turkiyaga yuboriladi va 9-10 yil oliy ta’lim olgandan keyin Kavkaz orqali Buxoroga qaytmoqchi bo‘ladi. Ozarbayjonliklar iltimosiga ko‘ra, Bokuda bir muddat turib, maorif sohasida ishlaydi. Bokuning ashrof va a’yonlari o‘z farzandlarini zamonaviy ta’lim olishi uchun uning ixtiyoriga beradilar. Buning evaziga u juda yaxshi daromad topa boshlaydi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, 400 jilddan ortiq ilmiy va adabiy kitoblarni to‘plab, bir katta kutubxonaga asos soladi. U Bokuda uylanadi va bir qiz ko‘radi.
Shoyiq Afandi o‘z akasi bilan kelishuv asosida o‘n yildan кейин Buxoroda bo‘lishi shart edi. Shu sababli vatanga qaytmoqchi bo‘ladi, lekin ozarbayjonliklar uning qaytib ketishiga rozi emasliklarini bildirib: “Sen turk – biz turk, sen musulmon – biz musulmon. Bu yer ham sening vataning. Barcha kerakli sharoitni yaratib berdik. Bu yerda uylanding. Har holda ketishinga rozi emasmiz”, deyishadi.
Oxiri Hoshim Shoyiq qisqa vaqtga borib qaytishga so‘z berib, Buxoroga keladi. Jadidlar uni hurmat bilan kutib oladilar.
Ozarbayjonga qaytib ketish vaqti yetib kelganda uning ketishga jadidlar yo‘l qo‘ymaydilar. “Bizlar seni vatanga xizmat qilish uchun Turkiyaga yuborgan edik, endi zarurat chog‘ida qanday qilib bizlarni tashlab ketasan?..”, дейишади ular.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida millatparvar, ma’rifatparvar jadid - Hoshim Shoyiq afandi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Eu2soqjl8AU" title="Hoshim Shoyiq afandi haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA