Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Homiy va saxovatpeshalar safi kengaymoqda
16:25 / 2021-09-02

Saxovatpeshalik xalqimizga xos azaliy odat. Ayniqsa mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan joylarda saxovat tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bayram munosabati bilan tumandagi 42 ta boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlarining xatna to‘yi o‘tkazib berildi. To‘y bolalarga sovg‘a-salom ulashildi. Bir piyola choy tashkil etilib, ajoyib konsert dasturi namoyish etildi.  

– Tumanimizda bu kabi saxovat tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan, – deydi tuman hokimi Zoyir Aliqulov. – Har yili davlatimiz mustaqilligi kunida, shuningdek Navro‘z bayramida yetim, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarining to‘yi o‘tkazib beriladi. Ta’kidlashim lozimki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli tadbirlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Bu savobli ishga hissa qo‘shishni istagan ko‘plab tadbirkorlarimiz, tashkilot va idoralar kun sayin ko‘payib bormoqda. Bobokalonlarimiz aytganiday savobli ishni har kim har kuni qilishi lozim.  

 

O‘lmas Barotov, O‘zA