English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimning qarori haqiqiy emas deb topildi
11:45 / 2021-07-26

Prezidentimizning 2017 yil 10 oktyabrdagi «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan sohada yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bir qator huquqlarga ega bo‘ldi. Xususan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etishi, sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilishi mumkin.

So‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanayotgan Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham yer egalarining qonuniy huquq-manfaatlarini sudlarda va sudgacha bo‘lgan jarayonlarda ishonchli himoya qilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri tuman hokimlarining fermerlarning huquqlariga zid bo‘lgan 12 ta qarorlari haqiqiy emas deb topildi.

Masalan, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 19 apreldagi hal qiluv qarori bilan Qibray tumanidagi «Turon Jahongir» fermer xo‘jaligining manfaatida Qibray tuman hokimining 2019 yil 16 yanvardagi 0369-sonli qarori haqiqiy emas deb topildi.

Shu kabi, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 19 iyuldagi hal qiluv qarori bilan Bo‘stonliq tumandagi «Umidbek Fotima-Zuhra» fermer xo‘jaligining manfaatida Bo‘stonliq tuman hokimining 23 fevral 2019 yildagi 1195-son qarorini qisman haqiqiy emas deb, 2019 yil 22 fevraldagi 704-son qarori haqiqiy emas deb topildi.

Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklariga tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yetkazilgan zararlarni sudlar orqali undirib berish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalardan fermer xo‘jaliklarining haqdorligini undirish bo‘yicha 5 mlrd. 48 million so‘mlik 523 ta talabnoma kiritildi.

Ushbu talabnomalardan 172 tasi bo‘yicha 609 million so‘m sudga kadar fermerlar foydasiga undirib berildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra fermer xo‘jaligining mulki xususiy mulk va u davlat himoyasida. Biroq bunga amal qilmayotgan va fermer faoliyatiga to‘siqlar qo‘yayotganlar ham topilib turadi.

Sudlarga fermerlar manfaatida 8 milliard 859 million so‘mlik 192 ta da’vo arizasi kiritildi. Shundan 865 million so‘mlik 84 ta da’vo arizasi sudlar tomonidan qanoatlantirilib, fermerlarga yetkazilgan zararlar undirib berildi.

Masalan, Toshkent viloyati kengashlari tomonidan kiritilgan da’vo arizalarga asosan Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 18 sentyabrdagi qarori bilan “Maxsim Gold Tex” MCHJ klaster korxonasidan «Yoqutxon Said» fermer xo‘jaligi foydasiga 84 mln. so‘m, «Amirshukur Shukurzarif» fermer xo‘jaligi foydasiga 27, 5 mln. so‘m, «Shirin» fermer xo‘jaligi foydasiga 73,7 mln. so‘m, «Nozim Muhammadqodir agro» fermer xo‘jaligi foydasiga 137 mln. so‘m, «Jo‘ra Raxmon» fermer xo‘jaligi foydasiga 200 mln. so‘m, “Fertile Land” fermer xo‘jaligi foydasiga 58 mln. so‘m, «Salim Abdug‘affor» fermer xo‘jaligi foydasiga 236 mln. so‘m, jami 816 mln. so‘m mablag‘lar fermerlar foydasiga undirib berildi.

Bularning barchasi keyingi yillarda fermer va tomorqa yer egalari huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin ifodasidir.

Hafiza Rasulova,
Toshkent viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalari kengashi huquqshunosi