Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan Termiz shahri va tuman hokimliklari axborot xizmati rahbarlari – davlat tili bo‘yicha maslahatchilariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
Prezidentimiz ilgari surgan xalqchil siyosat, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlab, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazish mamlakatimizda muhim vazifalardan biriga aylandi.

Bu vazifani sifatli, tezkor amalga oshirishda mahalliy hokimliklar axborot xizmatining alohida o‘rni bor. Viloyatda ularning xizmat avtomashinalari bilan ta’minlangani axborot xizmatlari faoliyatini yanada samarali tashkil etib, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, aholi murojaatlari ijrosi va boshqa yo‘nalishlarda tezkor, xolis axborot tayyorlash imkoniyatini kengaytiradi. Axborot xizmati xodimlarining joylarga tezkor chiqishi, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirishi va davlat organlari faoliyati shaffofligini ta’minlashiga qulay muhit yaratib, ish samaradorligini oshiradi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri