Toshkent shahrida joriy yilning o‘tgan davrida 1 trillion 931 milliard so‘mlik 75 mingdan ziyod ijro hujjati majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushgan.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 30 ming 797 ijro hujjati tamomlanib, 287,4 milliard so‘m mablag‘ undirilgan.
Hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan 145 ijro ishlari bo‘yicha fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 76,7 milliard so‘m undirib berilgan.
Bundan tashqari, o‘tgan davrda, boshqarma tomonidan davlat va byudjet tashkilotlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobidan 7 ming 150 nafar fuqaro foydasiga 8 mingga yaqin ijro ishlar bo‘yicha 185 milliard so‘m undirib berilgan.
Shu bilan birga, fuqarolardan fuqarolar foydasiga qariyb 5,5 ming ijro ishlari bo‘yicha 109 milliard so‘mlik mablag‘ undirilishi ta’minlangan.
Misol uchun, Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan bolalar uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 1 nafar voyaga yetmagan farzand uchun qarzdor otasidan 36,5 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘i undirildi.
Boshqarmaning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor fuqaro 3 nafar farzandi uchun 321 million so‘mdan ortiq aliment pullarini muddatidan oldin to‘lab berdi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
N.Abduraimova, O‘zA