Hokimliklar xodimlari “Zakovat”da bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi Yoshlar markazida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan viloyat shahar va tuman hokimliklari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida tashkil etilgan o‘yinda shahar va tuman hokimliklari xodimlaridan tuzilgan jami 13 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
[gallery-20227]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi jamoasi birinchi, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi ikkinchi va Kosonsoy tumani hokimligi xodimlari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar