English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma ta’lim dasturi yakunlandi
17:36 / 2025-05-28

O‘zbekiston – Germaniya hamkorligida tashkil etilgan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma ta’lim dasturi yakunlandi.

Mazkur dastur 2024 yil 16 sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya Federativ Respublikasi sobiq Federal kansleri Olaf Shols tomonidan boshlangan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan edi.

Ushbu dasturda Toshkent shahridan 3 nafar nomzod ishtirok etdi. Xususan, Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Iroda Abdullayeva ham ishtirokchilar qatoridan joy oldi.

–Dasturdan olgan bilimim, ayniqsa, jahonda eng samarali va mustahkam boshqaruv san’atiga ega bo‘lgan Germaniya davlat boshqaruvi tajribasi menga katta motivatsiya bo‘ldi, – dedi Iroda Abdullayeva. – Jumladan, har bir davlat xizmatchisining funksional vazifasiga bo‘lgan mas’uliyati, jamoatchilik fikri muhimligi, mahalla tizimi, ekologiyaga bo‘lgan munosabat, yoshlarga va nuroniylarga davlat tomonidan berilayotgan imkoniyat va e’tibor taassurotlarimni boyitdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA