Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlikdan 1 milliard 424 million so‘mdan ziyod kompensatsiya puli undirildi
19:21 / 2022-10-24

Surxondaryo viloyatining Denov tumani markazida ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning uy-joylari, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa inshootlari tuman hokimiyatining kelishuv bitimiga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan. Mahalliy hokimiyat buzilgan uy-joy va boshqa inshootlar uchun kompensatsiya mablag‘i to‘lab berishni o‘z zimmasiga olgan.

Mazkur kelishuv bitimiga muvofiq fuqarolar foydasiga tuman hokimligi  kompensatsiya pulini o‘z vaqtida to‘lab bermayotgani sababli bu masala sud orqali hal etilmoqda. Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi to‘rt nafar fuqaroga tuman hokimligi hisobidan 1 milliard 424 million 867 ming so‘m kompensatsiya undirishni belgilagan.    

Sudning ijro hujjatlari MIB Denov tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, tuman xokimligiga talabnoma yuborildi. Hisob raqamlariga inkassa topshiriqnomalari qo‘yildi.  

Davlat ijrochilari tomonidan qisqa vaqtda tuman hokimligi hisobidan fuqarolar foydasiga 1 milliard 424 million 867 ming so‘m kompensatsiya puli to‘liq undirildi. undiruvchilarning nomiga ochilgan plastik kartalariga o‘tkazib berildi. Odil sudning ijro hujjatlari belgilangan tartibda ish yurituvdan to‘xtatildi.  

 Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri