Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlik xodimining firibgarligi aniqlandi
10:41 / 2022-09-07

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo‘ygan guruh rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Natijada tuman hokimligining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari U.P. va boshqalar “U.E.” MCHJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, uning nomidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali bank filialidan 290 million so‘m kredit ajratilishiga erishganligi aniqlanadi. Tadbirkor N. hamda fuqaro M.ni bank oldida qarzdor qilib qo‘yib, kredit mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olishadi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Zarif Komilov, O‘zA