Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlik va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rilmoqda
16:36 / 2025-12-02

Toshkent shahar hokimligida shahar boshqarmalari va tashkilotlar rahbarlari va tuman hokimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda hokimlik va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Jumladan, “Maxsustrans ICHB” DUK rahbari tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha axborot berdi. Tashkilotda barcha maxsus texnikalarga videoregistratorlar o‘rnatilishi boshlanganini, yoqilg‘i quyish jarayonida inson omilidan voz kechilayotganini ta’kidladi.

Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari boshqarmada shaffoflikni oshirish va profilaktika tadbirlari ko‘lami haqida ma’lumot berdi. O‘tgan davrda tuzilmada 20 ta o‘rganish o‘tkazilib, 10 ta holatda korrupsiya yoki xizmat vazifasiga loqaydlik kabi kamchiliklar aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan.

Uchtepa, Shayxontohur va Sergeli tuman hokimlari hokimliklarda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va jamoatchilik bilan aloqani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etdi.

Soliq, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari rahbarlari esa o‘z tizimlarida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Tadbir davomida mavjud muammolar, ularga sabab bo‘layotgan omillar, oldini olish mexanizmlari hamda barcha sohalarda shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA