Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi aniqlandi
15:09 / 2020-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda joriy «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturining ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

AOKAdagi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Adliya vazirligi tomonidan hokimiyatlar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash maqsadida tahlillar o‘tkazilgan.

«Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi ro‘yxati shakllantirilib, ularni bekor qilish yoki qo‘shib yuborish taklifi bilan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etildi», dedi A’zam Madaminov.