Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlar zamonaviy taraqqiyotning yetakchi kuchlari bo‘lishi kerak (+video)
14:03 / 2025-10-20

Hokimlar nafaqat mahalliy boshqaruv rahbarlari, balki ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchi asosiy shaxslar hisoblanadi.

Ular shaharlarning barqaror rivojlanishi, fuqarolarning turmush sifati, ekologiya va infratuzilmani yaxshilash borasida muhim qarorlar qabul qiladi. Xitoyning Jindechjen shahrida har yili Global Mayors Dialogue Jingdezhen — ya’ni Jahon shahar hokimlari muloqoti tashkil etiladi. Bu tadbir shahar boshqaruvidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yangi g‘oyalar almashish va global barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim xalqaro maydon hisoblanadi.

Joriy yilgi uchrashuv ham asosiy shaharlar o‘rtasida barqaror rivojlanish, madaniy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda shaharlarning zamonaviy boshqaruv tizimi, ekologiyani muhofaza qilish, “aqlli shahar” texnologiyalari bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, yashil energiya va toza muhit yaratish yo‘llari, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy merosni asrash, shaharlar o‘rtasida savdo, investitsiya va sayyohlik sohasida hamkorlik hamda ilmiy salohiyatni oshirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi. 

Shaharlarning muammolari va yechimlari borasida bir qancha hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi. Tadbirda dunyo bo‘ylab turli mamlakatlardan shahar hokimlari, diplomatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar hamda madaniy arboblar ishtirok etdi. 

Global Mayors Dialogue Jingdezhen — nafaqat tajriba almashish, balki madaniyatlar do‘stligini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda ham “Global Mayors Dialogue” kabi xalqaro hamkorlikka qaratilgan turli darajadagi forumlar, anjumanlar, muloqotlar o‘tkazib boriladi. 

Xususan, shaharlarning barqaror rivojlanishi, yashil energiya, toza muhit va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan “Barqaror shaharlar forumi” (Sustainable Cities Forum), “Shaharlar diplomatiyasi forumi”, “Urban Development and Innovation Forum” hamda “Tashkent International Investment Forum” (TIIF) kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, hokimlar ishtirokidagi xalqaro tadbirlar shunchaki uchrashuv yoki rasmiy anjuman emas, balki shaharlar va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi muhim jarayondir. Bunday muloqotlar orqali hokimlar faqat o‘z tajribalarini almashish bilan cheklanmay, balki dunyodagi ilg‘or boshqaruv usullarini o‘rganadi, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Zv0PHqdb7m8" title="Hokimlar zamonaviy taraqqiyotning yetakchi kuchlari bo‘lishi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva,

Iskandar Ismatov, O‘zA