Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlar maxsus iqtisodiy hududdagi yerlarni o‘zlashtirmasdan turib uni kengaytirish tashabbusi bilan chiqishi man etiladi
13:48 / 2024-01-18

Prezident yig‘ilishda sanoatda ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalariga to‘xtaldi.

O‘tgan yili ayrim korxonalarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi kamaygani qayd etildi. Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan Bosh vazirga ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.  

Hududiy sanoatni rivojlantirish uchun 24 ta maxsus iqtisodiy hudud tashkil qilingan. Ularga soddalashgan tartibda yer ajratiladi, soliqdan imtiyozlar bor. Lekin ayrim hudud rahbarlari buni suiiste’mol qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.  

Masalan, respublika bo‘yicha infratuzilmasi bor 800 gektar maxsus iqtisodiy hududlarning yeri bo‘sh bo‘la turib, hokimlar ularning hududini kengaytirish bo‘yicha murojaat qilmoqda.

Endilikda hokimlar maxsus iqtisodiy hududlardagi barcha yerlarni to‘liq o‘zlashtirmay turib, uning maydonlarini kengaytirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishi man etiladi.  

O‘zA