Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlar maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi
10:48 / 2024-02-12

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 5 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qator dolzarb vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar va tumanlar hokimlarining maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrifi uyushtirildi.

Respublikamizning 42 shahar va tumanlari hokimlari poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  

Mazkur “Ayiqcha” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1932 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 360 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasa binosi, oshxona,  bolalar yotoqxonalari, musiqa zali, tibbiyot, kir yuvish, administratsiya xonalari qayta qurildi va jihozlandi.  

Shuningdek, soha xodimlari va hokimlar ishtirokida qamrov ko‘rsatkichini oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.  

O‘zA