Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimlar mahalliy Kengashlarga raislik qilmaydi (video)
16:04 / 2024-07-10

Ma’lumki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan edi.

Ana shu konstitutsiyaviy asoslardan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni, mahalliy Kengashlarga hokim emas, deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, Kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.  

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kuni kecha bo‘lib o‘tgan majlisida qizg‘in muhokama qilindi.  

Qonun loyihasida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, hudud rivojidagi o‘rni va ishtirokini oshirish maqsadida ham bir qator o‘zgartirishlar aks etmoqda.  

Ta’kidlash joizki, loyihada belgilangan tartiblar mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wBGJWEOy4IQ?si=qRC79M3t5PNdkKk5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA