Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimiyatning 30 dan ortiq vakolatlari xalq noiblariga berilgan
10:30 / 2025-04-08

Konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekistonda mahalliy darajadagi boshqaruv tizimini demokratlashtirishda o‘z aksini topmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasida ta’kidlaganidek, hududlarimizda 30 dan ortiq vakolatlar Mahalliy kengashlarga o‘tkazildi va bu jarayon izchil davom etmoqda. Bu esa, muammolarni joyida hal etish imkoniyatini yaratmoqda. Natijada, aholi hayotida kengashlar ta’sirchanligi oshib, deputatlarning ijobiy imiji shakllanmoqda.

O‘tgan yilgi saylovlardan keyin viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hokimlar emas, deputatlar ichidan saylangan shaxs raislik qilmoqda. Ushbu tajriba, tuman va shaharlarda ham 2026 yilning 1 yanvaridan boshlanishi belgilangan.

Jahon tajribasida ham Mahalliy kengashlar faoliyatini kuchaytirish orqali hokimiyatning ochiqligi va hisobdorligi ta’minlangan. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya va Yaponiyada mahalliy vakillik organlariga keng avtonomiya berilib, muammolarni mahalliy darajada tezkor hal etish imkoniyati yaratilgan.

Umuman olganda, Mahalliy kengashlar vakolatlarini kengayishi ularda yangi siyosiy sahifa ochib, xalq va davlat o‘rtasidagi masofa yaqinlashayotganini anglatadi.

S.Fayziyeva,

Xalq deputatlari

Toshkent shahar Kengashi deputati

O‘zA