Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokimiyat organlari ko‘p qavatli uylarni boshqarish sohasiga aralashishga haqlimi?(+video)
10:02 / 2025-07-09

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilgi kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga ma’lumotlar berdi.

Ma’lumki, uy-joy mulkdorlarining shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda sohaga billing tizimi joriy etilgan.  

“Mening uyim” billing tizimi orqali boshqaruv organlariga 2022 yilda 41 foiz majburiy badal kelib tushgan bo‘lsa, joriy yilning 6 oylik davrida bu ko‘rsatkich 93 foizga yetkazildi. Sohada shaffoflikni oshirish, noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish, boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish va tizimda inson omilini kamaytirishda raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan boshqaruv organlarini elektron reyestrga kiritish, shuningdek, ko‘p qavatli uylarni boshqaruv organlariga biriktirish endilikda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida boshqaruv organlari tomonidan jami 9 812 ta ko‘p kvartirali uyni 247 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Mazkur ishlarni boshlash uchun respublikadagi mavjud ko‘p kvartirali uylar xatlovdan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorlash zarur bo‘lgan ta’mirtalab uylar ro‘yxati shakllantirildi. Bunda eng avvalo, aholi murojaatlari hamda hududlardagi mavjud muammolar o‘rganilib, chuqur tahlil qilindi. Mazkur ishlar tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari jalb qilinmagan holda, jami 754 ta boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda dastur doirasida 4 478 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.  

Jumladan, 1 454 ta uyning tom qismi, 3 092 ta kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Kirish yo‘laklariga 725 ta temir eshiklar, 7 559 kvadrat metr framuga oyna romlar o‘rnatildi. 2 050 ta elektr taqsimlovchi shit, 1 090 yerto‘la, 722 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 332 ta uyning fasad qismi ta’mirlandi.  Jami 34 419 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatish amalga oshirildi. Belgilangan reja ko‘rsatkichlarini joriy yilning 1 oktyabr sanasiga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Avvalo, aytish kerakki, davlatimiz rahbarining joriy yil mart oyida imzolagan qarorlari asosida “Issiqlikta’minoti” AJ tashkil qilindi. Qaror bilan Jamiyat issiqlik ta’minotini muvofiqlashtiruvchi sifatida faoliyat yurita boshladi. Aniq yondashuvlar asosida sohani rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab berildi, mamlakat issiqlik ta’minotining “yopiq tizim”ga o‘tishiga start berildi. Shuningdek, tizimdagi energiya yo‘qotishlarni kamaytirish uchun 2025-2030 yillarda 2,8 trln. so‘m mablag‘ hisobidan tarmoqlar modernizatsiya qilinadi hamda ko‘p kvartirali uylarga jami 8 861 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatiladi.    

Bugungi kunda hududlarda faoliyat yuritayotgan issiqlik ta’minoti korxonalarida jami 543 ta qozonxona va 4 040 km. issiqlik tarmog‘i mavjud. Ulardan hozirda 508 ta qozonxona va 3 610 km. issiqlik tarmog‘i faoliyat yuritmoqda.  

2025 yilning o‘zida 773 ta ko‘p qavatli uy markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/S1xyig-yn48?si=TrGQPJU49XDu_I5p" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, Abror Sodiqov, Iskandar Ismatov, O‘zA