Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim: “Yoshlar yurtboshimiz ishonchini oqlaydi”
16:08 / 2022-01-22

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan muloqotda yoshlar bilan ishlovchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, viloyatdagi 887 mahallaning yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.

– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimiz yoshlariga juda katta ishonch bildirilmoqda, – dedi viloyat hokimi. – Ishonamanki yoshlarimiz, xususan, andijonlik yetakchi yoshlar ana shu ishonch va e’tiborga munosib bo‘lib, zimmalariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etadi.

Muloqotda Prezidentimiz qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, yoshlarga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va keng imkoniyatlar xususida so‘z bordi.

Mutasaddilarga yoshlar yetakchilari faoliyatlarini samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA