English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yoshlar bog‘i barpo etish tashabbusini ma’qulladi
10:02 / 2020-02-26

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev Yangiobod tumanining “Sarmich” mahallasida yoshlar bilan uchrashdi.


Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev Yangiobod tumanining “Sarmich” mahallasida yoshlar bilan uchrashdi. Mahalla faollari, nuroniylar, tuman rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlar bog‘ini tashkil etish tashabbusi ma’qullandi. Bu borada tegishli mutasaddilarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun topshiriqlar berdi. 

Viloyatning eng chekka hududida joylashgan tumanda yoshlarning talab va ehtiyojlarni qondirish uchun muayyan ishlar qilinishi kerak. Uchrashuvda “Sarmich” mahallasida istiqomat qilayotgan yoshlar tomonidan o‘ttizga yaqin talab va takliflar bildirildi. 

Yangi ish o‘rinlari yaratish, madaniy-ma’rifiy, maishiy xizmat muassasalari faoliyati bugungi kun talabiga javob bermasligi kabi muammolar muhokama qilindi. Viloyat hokimi yoshlarning muammo va takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollariga javob berdi.

Banklar tomonidan yoshlar uchun imtiyozli kredit ajratishni ko‘paytirish, hususan, tikuvchilik yo‘nalishida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlarni boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlashda ko‘maklashish, mahallada maishiy xizmat uyi barpo etish kabi 10 dan ziyod taklif va tashshabbuslar ma’qullanib, amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. 

Eng dolzarb muammolardan bo‘gan ish bilan ta’minlash masalasi hududiy sektorlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga va deputatlarga topshirilib, bu yo‘nalishda yoshlar bilan individual ishlash usuli yo‘lga qo‘yildi.