French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yoshlar bilan uchrashdi
10:59 / 2026-01-27

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay madaniyat markazida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yangiqo‘rg‘on, Norin, Pop va Uychi tumanlaridan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan viloyat rahbariga murojaat qildilar.

[gallery-27314]

Muloqot davomida ishga joylashish, 2-bolalar musiqa va san’at maktabi uchun yangi bino qurish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, kadastr ishlari hamda kredit olish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Viloyat hokimi har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarni ilm olishga, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishga, katta maqsadlar qo‘yib, ular sari qat’iyat bilan intilishga hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishga da’vat etdi.

Uchrashuv yakunida koreys va ingliz tillari bo‘yicha S1 darajaga ega bo‘lgan bir guruh yoshlarga o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida 130 million so‘m miqdoridagi foizsiz subsidiya olish uchun sertifikatlar topshirildi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA