Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yoshlar bilan uchrashdi.U viloyat yigit-qizlarining o‘tayotgan yilda erishgan yutuqlarini e’tirof etib, yoshlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi.
Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning taklif va murojaatlarini tingladi. Ularga yechim topish choralari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Muloqotda “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi doirasida xorij oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan buxorolik yoshlar ham onlayn tarzda ishtirok etib, qator istiqbolli takliflarni ilgari surdi.
[gallery-15236]
Tadbir yakunida shahar va tumanlardagi yoshlar yetakchilaridan bir guruhiga viloyat hokimligi tomonidan xorijda tajriba almashish bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, fan, ta’lim, madaniyat, sport, san’at sohalarida alohida tashabbus ko‘rsatgan yoshlar viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari