Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchisidan bir savol...
15:06 / 2022-06-20

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar qancha muddatga, necha foizdan va qaysi sohalarga ajratiladi?

Mazkur savolga Markaziy bankning Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti boshqarma boshlig‘i Turg‘un Hakimov javob beradi.

– bugungi kunda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy tartibda asosiy qarz bo‘yicha 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ajratiladi.

Dasturlar doirasida imtiyozli kreditlar chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, shuningdek, «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,O‘zA