Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchisi tashabbusi bilan hudud obod bo‘lmoqda
18:34 / 2022-12-28

Buxoro viloyati Olot tumani 3-sektor hududiga qarashli “Xidreyli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hokim yordamchisi Elbek Rahmatov tashabbusi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Unda Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Jamshid Tangriyev, bir guruh mutasaddilar, shtab xodimlari hamda hudud aholisi qatnashdi. Tadbirda hududning bir necha yillardan buyon qarovsiz qolgan yerlari obodonlashtirildi. Hududga kiraverishdagi yo‘l bo‘ylariga manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.  

– Bunda shu mahallaning sodiq farzandi, o‘z umrini vatan himoyasiga bag‘ishlagan Farhod Davlatovning hissasi beqiyos,  – deydi hokim yordamchisi Elbek Rahmatov. – U mahallasini obodonlashtirish uchun 400 ga yaqin manzarali ko‘chatlar olib keldi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bosh qosh bo‘ldi. Ishchi kuchi va maxsus texnikalar yordamida ortiqcha tuproq uyumi olib tashlandi. Mavjud yo‘l qismi yanada kengaytirildi.  

Bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ yaratish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biri sanaladi. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obod qilish orqali ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi.  

Zarif Komilov, O‘zA