Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan
11:59 / 2023-07-17

Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan mas’ul mansabdorga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Buxoro tumani Yangi Turmush mahallasi hokim yordamchisi fuqaro R.A. o‘z mansabidan foydalanib o‘zi faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolari G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.larni xabardor qilmasdan, aldov va o‘ziga bo‘lgan ishonchni suiiste’mol qilib, har birining nomiga 33 million so‘mdan, jami 165 million so‘m, 14 foizli imtiyozli kredit mablag‘larini olish maqsadida, g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab, soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirgan.  

Elektron bazaga kiritish yo‘li bilan ATB “Agrobank” Buxoro tumani filialidan kredit mablag‘larini olishga erishib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA