Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchisi ko‘magi bilan ish o‘rinlari yaratilmoqda
07:01 / 2022-04-29

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Oqtepa mahallasi purviqor O‘ng‘or bag‘rida joylashgan bo‘lib, bu yerda 2 ming 400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Aholining asosiy daromad manbai bog‘dorchilik va chorvachilikdan.

Ushbu mahallada hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Umida Hojiboboyeva 23 yillik pedagogik stajga ega muallima.

[gallery-6858]

Bir yil avval Oqtepaga rais bo‘lgan qahramonimiz yangi tizim tashkil etilishi bilanoq qizg‘in ishga kirishdi.

Mehnat, intilish, tinimsiz harakat Umida Hojiboboyevani ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘onda birinchi, viloyatda uchinchi natija qayd etishiga zamin yaratdi.

– O‘ndan ortiq fuqaroga kredit olishiga ko‘maklashdik, - deydi hokim yordamchisi. – Ikkita ko‘chani ixtisoslashtirmoqdamiz, xotin-qizlar uchun kasb-hunar markazini tashkil etdik. Tadbirkorlik qilib, ish o‘rni yaratish imkoniyatiga ega fuqarolarga ko‘mak berib, ishini kengaytirish natijasida o‘ttiz kishini band etdik.

Yangi ish boshlagan tadbirkorlardan biri Zulfizar Xolmatova 21 yoshda. U avvallari qo‘g‘irchoq yasash, biser to‘qish va zardo‘zlik bilan shug‘ullanib, yakka tartibda ishlar edi. Hokim yordamchisi ko‘magi bilan hozirda o‘n bir nafar mahalladoshini ish bilan ta’minladi.

 

 

Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA