Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda
11:36 / 2023-12-07

O‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilari hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasi mutaxassislari Anqara shahrida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etib qaytishdi.

Unda Turkiya tajribasi asosida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kichik va mikro biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi, deyiladi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ma’lumotida.  

Shuningdek, “Ostim” sanoat zonasida tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlari o‘rganilib, suhbatlar olib borilgan.  

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi yakunida Turkiyaning KOSGEB va TIKA tashkilotlari bilan kelgusi yillarda amalga oshiriladigan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, amaliy chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.  

Xususan, 2024 yil davomida hokim yordamchilarini Turkiya tajribasi asosida o‘qitish jarayonini davom ettirish taklifi KOSGEB va TIKA tashkilotlari tomonidan ijobiy qo‘llab-quvvatlangan.  

Tashkil etilgan seminar hokim yordamchilarining bilim va ko‘nikmalarni oshirib, hududlarda tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.  

 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA