Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari Xitoyga jo‘nab ketdi
17:40 / 2023-06-13

20 nafar hokim yordamchilari Xitoy davlatiga tajriba o‘rganish uchun safarga yo‘l oldi. Ular 2 hafta davomida “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida mutaxassislardan ta’lim oladi. Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xitoy davlatining Kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unga muvofiq joriy yil so‘ngiga qadar 200 nafar hokim yordamchilari Xitoy tajribasini o‘rganishi ko‘zda tutilgan.

Safar oldidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hokim yordamchilari bilan uchrashib, ularga qisqa safar davomida zarur bo‘lgan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish hamda kelgusi ish jarayonida ularni muvaffaqiyatli qo‘llash borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.  

O‘zA