O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 fevraldagi tegishli qarori asosida Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Jamg‘arma nizomiga muvofiq:
boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun BHMning 2 baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Faoliyatiga qarab quyidagi miqdorda oylik mukofot puli to‘lanadi:
qoniqarli — oylik ish haqining 15% miqdorida;
yaxshi — oylik ish haqining 30% miqdorida;
a’lo — oylik ish haqining 50% miqdorida.
Shaxsiy avtomobilidan foydalangani uchun har chorakda bir marta quyidagi miqdorda kompensatsiya to‘lanadi:
avtomobili benzinda harakatlansa — 2 mln 150 ming so‘mgacha;
avtomobili gazda harakatlansa — 1 mln 350 ming so‘mgacha.
Hokim yordamchilari va respublika vakillariga uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50% miqdorida (150 mln so‘mdan oshmagan) subsidiya ajratiladi.
"Yangi O‘zbekiston islohotchisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan taqdirda BHMning 5 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
O‘zA