Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida qanday ishlar tashkil etildi?
12:59 / 2023-11-13

Ma’lumki, “mahallabay” ishlash tizimini yuqori bochqichga olib chiqish, mahallaning o‘zida turib, barcha masalalarni hal qilish choralarini ko‘rish faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida respublikada ilk marotaba tajriba tariqasida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etilgan edi.

Mazkur lavozim egalariga  “xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish, mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarning bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish hamda  “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish kabi vazifalar yuklatilgan.  

Xo‘sh,  hokim  yordamchilari tomonidan  joriy yilning 9 oyi davomida qanday ishlar tashkil etildi? Joylarda ularning faoliyati  qanday kechdi?  

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i O‘tkir Hamroqulov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida hokim yordamchilari ko‘magida 1,9 million nafar fuqaro  doimiy va mavsumiy ish joylariga joylashtirilgan.  1,3 million nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.  80 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma ishchilar bilan birgalikda), 95 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga va 48 ming nafari hunarmandchilikka jalb qilingan.  238 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratilgan.  

Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 364 mingta loyihaga  7,6 trillion so‘mlik kreditlar ajratilgan. Xususan, kreditlarning  224 mingtasi (5 trln. so‘m) xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarish,  81 mingtasi  (1,8 trln. so‘m) qishloq xo‘jaligi, 47 mingtasi  (470 mlrd. so‘m) hunarmandchilik va 11 mingtasi  (260 mlrd. so‘m) boshqa sohalarga yo‘naltirilgan.  

Hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga tez va yuqori daromad topish imkonini beradigan biznes loyihalarni tanlashda ko‘rsatilayotgan ko‘mak kredit ajratishda ijobiy sifat o‘zgarishlariga olib keldi.  

Qayd etilishicha, hokim yordamchilari faoliyati davomida foydalanishi uchun “Onlayn mahalla” platformasiga tijorat banklari bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan 500 dan ortiq biznes-rejalar joylashtirilgan. Xususan, o‘tgan yili ajratilgan kreditlarning qariyb 50 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga, 32 foizi xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarish yo‘nalishida ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich  22  va 62 foizlarni tashkil etgan.  

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 46 ming nafar fuqaroga 203 milliard  so‘mlik subsidiyalar ajratilgan.  Ajratilgan subsidiyalarning 33 mingtasi (154 mlrd. so‘m) tadbirkorlikni boshlash uchun asbob-uskuna va mehnat qurollari bilan ta’minlashga, 4,2 mingtasi (5,1 mlrd. so‘m) hunarmand uyushmasiga a’zolik badali, hom-ashyo va ish haqiga, 3,4 mingtasi (27 mlrd. so‘m) ixcham issiqxonalar, sug‘orish vositasi hamda urug‘lik ko‘chatlari harid qilishga, 0,7 mingtasi (2,2 mlrd.so‘m) kooperativlarni ustav fondiga ulush sifatida kiritish va 4,7 mingtasi (15 mlrd. so‘m) boshqa yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelmoqda.  

“Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida 129 ming nafar fuqaro  kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan. O‘tgan 9 oyda hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan  39 mingta  (ish o‘rni 171 ming) "mahallabay" mikro loyihalardan  20 mingtasi  (52 foizi) ishga tushirilib, 78 mingta ish o‘rinlari yaratilgan.  Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallalarda o‘tgan davrda 68  mingta yuridik va 74 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.  

Aholi yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha hokim yordamchilari mahalla raisi, sektor rahbarlari va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 23 ming km ta’mirtalab ichki yo‘llar shag‘allashtirilgan.  22 ming km asfaltlashtirilgan. Mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasida  1 ming km piyodalar yo‘lakchalari barpo etilgan. Shu bilan birga  foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 5,6 ming dona transformator,  123 ming dona sim yog‘och va 90 ming dona tungi chiroq  yangisiga almashtirilgan. 32 ming km ariqlarni tozalash va 6,8 mingta turli hajmdagi vertikal sug‘orish quduqlarini qurish orqali 302 mingdan ortiq xonadon  tomorqasi sug‘orish suvi bilan ta’minlangan.  

Bundan tashqari, kambag‘al oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, moliviy resurslarni birinchi navbatda ushbu oilalarga yo‘naltirish, oilalarni kambag‘allikdan chiqishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va hal etishga ko‘maklashish maqsadida “Individual dastur” amaliyoti joriy  etilgan.  Dasturlar doirasida kambag‘al oilalarni daromadlarini oshirish maqsadida 78 ming nafar oila a’zolari doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. 34 ming nafariga imtiyozli kredit va 7 ming nafariga subsidiyalar ajratilgan.  

Hokim yordamchilari tomonidan o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga biznesni rejalashtirish va moliyalashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamlar natijasida 17 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkor va 22 ming nafari kichik biznes sub’ekti sifatida faoliyatini boshlagan. Bu ko‘rsatkichni yil yakuniga qadar 50 mingtaga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA