Hokim yordamchilari tadbirkorlikka o‘qitiladi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning "O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi rahbari Beate Shorayt xonim Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M. Ubaydullayev bilan uchrashdi.
Unda agentlik va GIZ tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma harakatlar rejasi belgilab olindi.
Ushbu islohotlarni yo‘lga qo‘yishda hokim yordamchilarining bilim va malakasini oshirib borish zarurati alohida ta’kidlandi. Chunki qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sohasi ko‘p qirrali bo‘lib, ularning har biri maxsus bilimga ega bo‘lishni talab etadi.
Shu bois, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan birgalikda respublika hududlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish borasida hokim yordamchilarini o‘qitish va malakalarini oshirish masalasi kelishib olindi.
O‘zA