Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni qanchalik uddalayapti?
17:15 / 2022-02-28

Joriy yil 1 yanvardan boshlab respublikaning barcha hududlarida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etildi.

Xo‘sh, mazkur kasb  egalarining bugungi faoliyati qanday kechmoqda? 

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha 1 ming 55 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga tayinlangan hokim yordamchilari tomonidan 2022 yil 24 fevral xolatiga 765 ming xonadonlardan qariyb 693,4 ming tasi yoki 90,6 foizida xatlov ishlari amalga oshirildi. 

Xozirgacha xatlovda o‘rganilgan xonadonlar 4 ta toifaga ajratildi. Unga ko‘ra, 1-toifaga daromadi kam, ishsizlari bor, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, daromad topishga harakat qilayotgan 166,1 mingta xonadon kiritildi. 2-toifaga doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor 213,2 mingta xonadon, 3-toifaga nogironligi yoki kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisi yo‘q hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 55,1 mingta xonadon hamda 4-toifa bo‘yicha esa iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q 197,1 mingta xonadon aniqlab olindi. Shuningdek, viloyatda joriy yil yanvar oyida 27,6 ta ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, hozirgacha xatlovda aniqlangan 136,9 ming nafar ishsiz fuqarolardan 27,4 ming nafarining bandligi ta’minlangan. 

O‘rganishlar davomida kredit mablag‘lari hisobiga tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 28,1 ming nafar fuqaro aniqlangan bo‘lib, shundan oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha “Onlayn platforma” orqali 16 ming 47 nafari 440 milliard so‘m kredit olish uchun ariza yuborgan. 



Mazkur platforma orqali yuborilgan arizalardan hozirgi kungacha hokim yordamchilari tomonidan 2 ming 918 nafariga kredit berish rad etilgan. 5 ming 709 nafariga kredit olishga tavsiyalar berilgan. Qolgan 7 ming 420 ta arizalar ko‘rib chiqilmoqda. 

Tavsiya berilgan arizalar bo‘yicha hozirgi kungacha banklar tomonidan jami 1 ming 704 nafar fuqaroga 33 milliard 580 million so‘m kredit ajratilgan. Subsidiya hisobiga o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 5 ming 877 nafar fuqaro aniqlangan bo‘lib, shundan 1 ming 655 nafariga tavsiyalar berilgan. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlar davom ettirilgan holda jamg‘armalar tomonidan mablag‘larni moliyalashtirish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish hisobiga bandligi ta’minlanadiganlar soni 36 ming 500 nafarni tashkil etib, hozirgi kungacha shahar tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan lotlarga, talabgorlardan kelib tushgan arizalar bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan tegishli xulosalar berilib, 26 ming 581 ta lotlar “Ye-IJRO” auksion savdolariga qo‘yilgan. 

Shundan, joriy  yil 18 fevral xolatiga 3 ming 434 nafar g‘olib talabgorlar aniqlangan. Qolgan 23 ming 147 ta lotlarda talabgorlarni aniqlash bo‘yicha auksion savdolari belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, mahallalar hududidagi tadbirkorlik qilish uchun bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hisobiga shu kungacha 139 ta noturar bino-inshootlar aniqlanib “Ye-IJRO” auksion savdolariga qo‘yilgan. Yer uchastkalari bo‘yicha 382 ta ob’ektlar aniqlanib, 377 tasi savdoga qo‘yilgan, shundan 55 tasi sotilgan. Qolgan 322 ta yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda. 

Viloyatdagi barcha mahallalardagi xonadonlar sonidan kelib chiqqan holda Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon va Quvasoy shaharlardagi faqat ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan mahallalardan tashqari 1 002 ta MFYlarda umumiy quvvati 820 mingdan ortiq bo‘lgan jami 1 ming 35 ta inkubatorlar tashkil etildi hamda inkubatoriya tashkil etish ishlari to‘liq yakunlandi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA