Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari kimga, qanday yordam beryapti?
16:03 / 2022-11-17

Mahalla fuqarolar yig‘inlari tashkiliy tuzilmasi va faoliyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilib, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etilgan edi.

Bu yangilik va o‘zgarishlar hududlar rivojiga xizmat qildimi? Aholi turmush tarzi, hayotida o‘z aksini topa oldimi?  

«BIZGA ISHONIB TOPSHIRILGAN VAZIFA KATTA MAS’ULIYAT YUKLAYDI  

– Davlatimiz rahbari bizdan yaxshi natijalar kutgan hamda kelgusida hokim va vazir lavozimlarida bemalol faoliyat ko‘rsata oladigan munosib nomzod bo‘la olishimizga ishonch bildirgan, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani «Markazobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Akmaljan Qo‘chqorov. – Bugun odamlarning dardu tashvishi, ularni qiynayotgan muammolar shaxsan davlatimiz rahbari e’tiborida. Ma’lumki, faoliyatimizni samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan «Onlayn mahalla» platformasi yaratilib, ishga tushirilgan. «Onlayn mahalla» platformasi orqali tegishli ma’lumotlarni kiritish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.  

Bizga biriktirilgan mahallani to‘liq o‘rganishimiz uchun «xonadonbay» o‘rganish so‘rovnomasi va yig‘ma jadval shakli hamda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi. Yangi tizimning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish va yangiliklarni tezkor yetkazish, mahallalarda ko‘tarilgan masalalarni operativ hal etish maqsadida rasmiy kanallar yaratilgan.  

Joriy yilning 9 oyi davomida birinchi bosqichda 340 xonadon xatlovdan o‘tkazilib, ular ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ko‘ra, to‘rtta toifaga ajratib olindi. Xatlov natijasida 43 ta xonadonning daromadi kamligi va mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari borligi, 154 ta oila doimiy daromadga ega, lekin qo‘shimcha daromad topish istagida ekani, 14 ta xonadon ijtimoiy himoyaga muhtojligi hamda 129 ta oilaning yashash sharoiti yaxshiligi aniqlandi.  

Xatlovda aholining kasb-hunarga o‘qish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kredit olish va boshqa istaklari ham o‘rganib chiqildi. 2022 yilda jami 961,0 million so‘m miqdorida moliyaviy manbalar shakllantirildi.  

Mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholini barqaror daromad bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 69 nafar kishi doimiy ishga joylashtirildi. 72 nafar aholi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 7 nafar aholi yakka tartibdagi tadbirkorlikka va 2 nafar aholi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. 10 nafar aholiga ijara asosida yer ajratildi. Lider tadbirkor “"CHEVAR-2022» ISHLAB CHIQARISH KOOPERATIVI bilan hamkorlikda mahalladagi ishsiz fuqarolarga tikuv mashinasi dastgohi berilgach, 17 nafar xotin-qiz bandligi ta’minlandi.  

Joriy yilning 9 oyi davomida aynan hokim yordamchilariga berilgan vakolat doirasida 29 ta loyihaga 721 million so‘m imtiyozli kredit hamda beshtadan ortiq ishsizlarga 16 million so‘mlik subsidiyalar ajratildi.   

«ILK ISHIMIZNI ISHSIZLARNI BAND QILISHGA KO‘MAK BERISHDAN BOSHLADIK»  

 Hamkasblarim bilan faoliyatimizning ilk kunlarini mahallamizdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, «Ayollar daftari», «Temir daftar» hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilishdan boshladik.   

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan yo‘llanma orqali ishsiz aholi gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tikuvchisi, kompyuter dizayn dasturlari, arxitektura proekt dasturchisi, payvandlovchi, qandolatchi, ayollar sartaroshi, tikuvchilik, yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchi va tadbirkorlik va biznes yo‘nalishlariga o‘qitildi. 21 ta kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi, hududdagi 3 ta tadbirkolik sub’ektining faoliyati tiklandi.  

«MARKAZOBOD»NING XIZMAT KO‘RSATISH YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINGAN...  

– Tumanda aholi turmush darajasini ko‘tarish uchun asosiy drayver yo‘nalishlar belgilab olindi, – deydi Akmaljon Qo‘chqorov.– Unga ko‘ra, tumandagi barcha mahallalarda chorvachilik, parranda, asalarichilik, issiqxonachalik, dehqonchilik, bog‘dorchilik, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari rivojlantiriladi.  

Aniqlangan muammolarga yechim izlanmoqda. Avvalo aholiga qulaylik yaratish uchun mahalladagi ikki kilometr ichki yo‘lga tosh-shag‘al aralashmasi tashlandi va yo‘l holati yaxshilandi. 135 dona elektr sim yog‘ochlari temir-beton ustunlariga almashtirildi. Mahallada tungi yoritgichlar o‘rnatildi. Ikki kilometr ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi. Joriy yilning 9 oyi davomida 275 metr ichki yo‘lga qora qoplamasli asfalt yotqizildi.  

Ijtimoiy tarmoqlarda bu lavozim xususida ko‘plab muhokamalarga duch kelaman. Kimdir bu vazifa jamiyat uchun mutlaqo foyda keltirmaganligini gapirsa, yana kimdir hokim yordamchilari o‘zlariga biriktirilgan yumushlarni to‘liq ado eta olmayotganligini aytib nolishadi. Ammo bu tashabbus kelgusida mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z natijasini ko‘rsatishiga ishonamiz.  

 

 

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi, O‘zA